Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning navbatdagi qaltis qarori (foto)

Putinning navbatdagi qaltis qarori (foto)

Karikatura: Sanouni Imad

Joriy yil 24-fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya rahbariyati keyingi paytlarda tobora qaltis ishlarga qo‘l urmoqda.

Jahon hamjamiyatining keskin e’tiroziga qaramay, 23-27-sentyabr kunlari Ukrainaning rus armiyasi tomonidan bosib olingan Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporoje viloyatlarida oshig‘ich ravishda referendum o‘tkazilib, to‘rt hudud Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi.

Prezident Vladimir Putin yadro qurolini qo‘llash ehtimoli haqida bir necha bor tahdidli bayonot berdi. Hozirjavob karikaturachilar insoniyat uchun hayot-mamot ahamiyatiga molik hodisalarni o‘ziga xos yo‘sinda tasvirlamoqda.

So‘nggi kunlarda jahon matbuotida Rossiya–Ukraina ziddiyati mavzusida chop etilgan ayrim hajviy suratlar e’tiboringizga havola etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring