Putin Isroilga hujum borasida Eronga "mujda" yubordi
Vladimir Putin Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiydan Isroilning HAMAS yetakchisini o‘ldirganiga nisbatan vazminlik bilan munosabatda bo‘lishni so‘radi.
Putin, xususan Eron tomonidan isroillik tinch aholiga hujum qilmaslikni so‘radi, deya xabar beradi Reuters manbalari.
Ularga ko‘ra, tegishli xabarni Xomanaiyga Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu yetkazgan. U 5-avgust kuni Eronga tashrif buyurgan edi.
Reuters suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, yuqori martabali amaldorning tashrifi Moskva Eronga «o‘zini tutish zarurati»ni bildirishning bir necha usullaridan biri bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Isroilga Eronning hujumi bo‘yicha ma’lumotni yetkazgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter