Putin Baydenning haqoratli so‘zlariga javob qaytardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni haqoratli so‘zlar bilan «siylagan» AQSh rahbari Jo Baydenga javob qaytardi.
«U menga: «Volodya, yaxshi, rahmat, menga ko‘p yordam berding», deb aytolmaydi. Biz u yerda nima bo‘layotganini ichki siyosiy nuqtai nazardan tushunamiz va bu reaksiya mutlaqo adekvat, demak, men haq bo‘lib chiqdim».
Davlat rahbari, shuningdek, Baydenning so‘zlariga qaramay, u AQSh prezidenti sifatida Rossiya uchun afzalligicha qolayotganini aytdi.
Putinning qayd etishicha, Rossiya tomoni har qanday Amerika yetakchisi bilan hamkorlik qiladi.
AQSh prezidenti chorshanba kuni San-Fransiskoda o‘tkazilgan tadbir chog‘ida Rossiya prezidentini «crazy SOB», ya’ni «aqldan ozgan ... bolasi» deb atagandi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Baydenning so‘zlarini «ahmoqona va AQSh uchun sharmandalik» deb atadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter