Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poydevor sirpandi, daraxt ko‘chdi... Zilzila uyni ko‘tarib joyini o‘zgartirdi

Poydevor sirpandi, daraxt ko‘chdi... Zilzila uyni ko‘tarib joyini o‘zgartirdi

 
Turkiyaning Adiyaman viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida hech qachon kuzatilmagan voqea sodir bo‘ldi. Go‘lboshi tumanidagi Ozan qishlog‘ida zilzila tufayli bir uy bir metr havoga ko‘tarilib, ikki metr chetga siljiganligi aniqlandi.
Ya’ni uy poydevori bilan ko‘tarilib boshqa joyga ko‘chgan, deb xabar bermoqda CNNturk nashri muxbiri Serdar Yer. 


Uy egasi Emin Atmaca zilzila sodir bo‘lgan kechada uy go‘yoki «yurganini» aytgan. Geologiya muhandisi Akin Kurcher yoriq chizig‘ining qayerdan o‘tganini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqotlar davomida ushbu manzaraga duch kelganini tasdiqlagan. Mutaxassislarning fikricha, uyning bus-butun holicha joyidan siljishi kutilmagan holat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring