Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pompeo Venesuelada hokimiyatni almashtirishga AQSh qancha pul sarflashini aytdi

Pompeo Venesuelada hokimiyatni almashtirishga AQSh qancha pul sarflashini aytdi

Foto: «RIA Novosti»

Venesuela hukumatini almashtirishga AQSh ma’muriyati 500 million dollargacha sarflashga tayyor. Bu haqda Davlat kotibi Mayk Pompeo bayonot berdi.

— Budjet qonuni loyihasi Venesueladagi demokratik transformatsiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi vakolatlar, jumladan, xorijiy yordam uchun mo‘ljallangan hisoblarga 500 million dollargacha mablag‘ o‘tkazib berilishini (kongressdan) so‘raydi, — deyiladi uning kongressga yozma ko‘rsatmalarida.

U Vashington uchun Rossiyaning «halokatli ta’siri»ga qarshi kurashish bosh maqsad ekanini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring