Politsiyachilar Trampni sudga berishdi
Kapitoliy politsiyasining ikki nafar xodimi AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni 6-yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliyga hujum paytida olgan jismoniy va ruhiy shikastlanishlari uchun sudga berishdi.
«Bu 2021-yil 6-yanvarda ayblanuvchi Donald Trampning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida kelib chiqqan tartibsizliklar AQSh Kapitoliy politsiyachilariga yetkazgan jismoniy va ruhiy shikastlanishlar uchun zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza hisoblanadi», — deyiladi bayonotda.
Jeyms Blessingeym va Sidni Xembi ismli politsiyachilar Tramp bir necha oy davomida «isyonchilar»ni saylovdagi firibgarliklar haqidagi asossiz ayblovlari bilan yig‘ib kelgani, keyinchalik bu Kapitoliydagi bosqinchilikka aylanib ketganini ta’kidlashmoqda.
«AQSh Kapitoliy politsiyasining ikki nafar zobiti 2021-yil 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlari tomonidan tez orada nishonga olinishini bilmagan holda xizmatga kelishgan», — deyiladi sud da’vosida.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar ularga qarshi kimyoviy aerozollardan foydalangan, bu esa ko‘zlari, tomoqlari va terilari kuyishiga sabab bo‘lgan. Jismoniy jarohatlardan tashqari, Blessingeym yanvar voqealaridan keyin depressiyaga duchor bo‘lganini ma’lum qilgan.
Politsiyachilar zararni qoplash uchun 75 ming dollardan talab qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter