Pokiston va Eron vaziyatni keskinlashtirmaslikka kelishib oldi
Joriy yilning 17-yanvarida Eron tomoni «terrorizmga qarshi kurash» nomi ostida Pokiston hududida havo zarbasini bergan va oqibatda ikki bola halok bo‘lgan va uch kishi yaralangan edi.
O‘z navbatida Pokiston tomoni ushbu vaziyatning javobsiz qolmasligi haqida ogohlantirib, 18-yanvar kuni Erondagi bir qancha nishonlarga zarbalar berdi.
Shuningdek, Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Erondagi elchisini chaqirib olishga qaror qilgan edi.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi 19-yanvar, shanba kuni mamlakat TIV rahbari Jalil Abbos Jiloniyning Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullaxon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida iki davlat o‘rtasidagi yaqin qardoshlik munosabatlari ta’kidlanib, Pokiston Tashqi ishlar vaziri Eron bilan o‘zaro ishonch va hamkorlik ruhida ishlash istagini bildirgan.
U, shuningdek hududiy yaxlitlik va suverenitetga hurmat hamkorlik asosi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
«Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari terrorizmga qarshi kurash va o‘zaro manfaatli boshqa jabhalarda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga to‘xtalishdi. Ular, shuningdek, vaziyatni keskinlashtirmaslikka kelishib oldilar», – deyiladi Pokiston TIV xabarida.
Qolaversa, ikki davlat elchilarini o‘z ish joylariga qaytarish masalasi ham muhokama qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter