Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon rahbari AQSh-Xitoy urushi ehtimolini baholadi

Pentagon rahbari AQSh-Xitoy urushi ehtimolini baholadi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida keskinlik kuchayganiga qaramay, Xitoy bilan harbiy mojaro muqarrar emas. Uning so‘zlaridan Accosiated Press agentligi iqtibos keltirmoqda.

Ostin «noto‘g‘ri hisob-kitoblar va tushunmovchiliklar» oldini olish uchun Vashington va Pekin o‘rtasidagi harbiy muloqotni qayta tiklash muhimligiga ishora qildi.

«Menimcha, Xitoy bilan urush yoki to‘qnashuv muqarrar emas. Buyuk davlat rahbarlari noto‘g‘ri hisob-kitoblar va tushunmovchiliklar ehtimolini kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz uchun birgalikda harakat qilishlari kerak», dedi AQSh Mudofaa vaziri.

Bungacha XXR Markaziy Harbiy Kengashi Birlashgan shtab boshlig‘i o‘rinbosari general-leytenant Jing Jianfeng Singapurda bo‘lib o‘tgan Shangr-La Dialogue xavfsizlik forumida AQShning Hind-Tinch okeani strategiyasi kelishmovchiliklarni yuzaga keltirish rejasi ekanligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring