Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon qurolli kuchlar safidagi homilador ayollar borasidagi tanqidga keskin javob qaytardi

Pentagon qurolli kuchlar safidagi homilador ayollar borasidagi tanqidga keskin javob qaytardi

Foto: «AP Photo / Manuel Balce Ceneta»

Pentagon payshanba kuni taniqli teleboshlovchi Taker Karlson bilan munozaraga kirishdi. U AQSh qurolli kuchlari safida homilador ayollarning borligidan g‘azablangandi.

Karlson «Fox News» telekanalida o‘zining dasturida Pentagon homilador ayollar uchun maxsus forma joriy etganini ma’lum qildi.

«Bizning urushlarimizda homilador ayollar jang qilishadi, bu AQSh qurolli kuchlarini masxaralashdir», — dedi Karlson. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy harbiylari «erkaklashib», AQSh harbiylari esa «ayollashib» bormoqda.

Pentagon vakili Jon Kirbining aytishicha, boshlovchining bunday izohlari «AQShning barcha qurolli kuchlarini tahqirlaydi».

«Biz tok-shou boshlovchisining Xitoy harbiylari yoki shaxsiy tarkib bo‘yicha maslahatiga umuman quloq solmoqchimasmiz», — dedi Kirbi.

O‘z navbatida, AQSh kosmik qurolli kuchlari vakili Skott Stoker Twitterdagi shu turdagi qo‘shinlarning rasmiy kanalida Karlsonning bayonotini «televizion drama» deb atagan.

«Hammaga shuni eslatib qo‘ymoqchimanki, uning fikri, bunga u to‘la haqli, qurolli kuchlari safida o‘tkazilgan kunlarning nol soniga asoslanadi», — deydi Stoker.

Ayollar AQSh harbiy kuchlarining 16 foizini, ofitserlar tarkibining esa 19 foizini tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring