Panjsher yetakchisi afg‘on xalqiga murojaat qildi

Panjsher qarshilik kuchlari rahbari Ahmad Ma’sud afg‘on xalqiga videomurojaat yozib, aholini «Tolibon»ga qarshi isyon ko‘tarishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda toliblar bilan bir qatorda xorijiy kuchlar ham jang qilmoqda.
«Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, chet elda yoki mamlakatda bo‘lsangiz ham, vatanimizni ozod qilish va madh etish uchun ommaviy qo‘zg‘olonni boshlashga chaqiramiz. Har kim qo‘lidan kelganicha bosh ko‘tarsin», — dedi Ma’sud o‘z murojaatida.
Qarshilik fronti rahbari Tolibon Kobul ustidan nazorat o‘rnatganidan va Panjsher qo‘lga olinganini e’lon qilganidan keyin Afg‘oniston xalqaro izolyasiyada qolishi mumkinligini istisno qilmagan.
Dushanba kuni toliblar ularning nazoratida bo‘lmagan yagona Panjsher viloyatini egallab olganini e’lon qildi. Qarshilik kuchlari bu ma’lumotni rad etishdi. Shuningdek, «Tolibon» avvalroq qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Ma’sud qochib ketganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter