Ozarbayjon va Armaniston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 16-yanvar tongida Ozarbayjon janubi-g‘arbida, Armaniston bilan chegaraga yaqin Zangilan shahrida magnitudasi 4,9 ballga teng yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi qoshidagi Respublika seysmologiya xizmati markazi xabar berdi.
Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 07:25 da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 6 km. chuqurlikda joylashgan.
Zilzila epitsentrida yer silkinishi kuchi 5 ball, tutash tumanlarda 3-4 ball atrofida sezilgan.
Yetkazilgan zarar va talafotlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter