Shveysariyada o‘ta kamyob pushti olmos 50 million dollarga sotildi
Shveysariyadagi «Christie’s» kimoshdi savdosida qariyb 19 karatli o‘ta kamyob pushti olmos 44,5 million Shveysariya frankiga (44 million dollar) sotildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Bu narx kimoshdi qiymati bo‘lib, savdo tashkilotchisiga to‘lanadigan pul bilan hisoblaganda uzuk 50,37 million dollarga aylanadi. Olmosni «Harry Winston» zargarlik uyi sotib oldi va toshga «Uinstonning pushti merosi» deb nom qo‘ydi.
Avvaliga qimmatbaho pushti toshni 30 dan 50 million dollargacha bo‘lgan narxda sotish rejalashtirilgan edi. Boshlang‘ich narx 24 million frank etib belgilandi.
«Pushti meros» to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda sayqallangan eng katta tosh bo‘lib, 18,96 karat og‘irlikka ega. U Janubiy Afrikada topilgan, uzoq vaqt davomida unga «De Beers» olmos kompaniyasini boshqaruvchi Oppengeymerlar oilasi egalik qilgan.
Bunga qadar «Christie’s» uyining 250 yillik tarixi mobaynida og‘irligi 10 karatdan ziyod bo‘lgan 4ta to‘q pushti tosh savdoga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter