«Oskar» mukofotini olgan aktrisa vafot etdi
Uni kino ixlosmandlari «Kakku uyasi uzra parvoz» filmidagi hamshira roli orqali yaxshi tanishardi. Aynan ushbu roli uchun u «Oskar», BAFTA va «Oltin globus» mukofotlarini olgan.
Luiza Fletcher 88 yoshida Fransiyadagi uyida vafot etdi, deb xabar bermoqda Sky News.
Aktrisa 1975 yilda suratga olingan «Kakku uyasi uzra parvoz» filmida (bosh qahramon rolini Jek Nikolson ijro etgan) ekrandagi yovuz qahramonlar uchun yangi standart o‘rnata olgan.
Aktrisa AQShning Alabama shtatida kar-soqovlar oilasida tug‘ilgan. Xolasi unga gapirishni o‘rgatadi.
Luiza Fletcher 1958 yilda professional debyut qilgan. Ammo hamshira Ratched rolini bajargunicha Gollivudda uni ko‘pchilik tanimasdi. Film suratga olinayotganida aktrisa 40 yoshdan biroz oshgan edi. U 11 yillik tanaffusdan so‘ng ishga qaytgandi – bu yillarda Luiza ikki farzandini tarbiyalaydi.
«Oskar»ni topshirish marosimida aktrisa imo-ishora tilidan foydalangan. U shu tarzda ota-onasiga minnatdorchilik bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter