Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oskar» bilan taqdirlangan film aktrisasi Eronda hibsga olindi

«Oskar» bilan taqdirlangan film aktrisasi Eronda hibsga olindi

Tarona Alido‘stiy.

Foto: Tasnim

«Oskar mukofotiga sazor bo‘lgan «Savdogar» («Kommivoyajer») filmida bosh rolni o‘ynagan aktrisa Tarona Alido‘stiy Eronda hibsga olindi. Tasnim agentligi xabar berishicha, 38 yoshli Alido‘stiy «yolg‘on va buzib ko‘rsatilgan kontentni tarqatish, tartibsizlikni qo‘zg‘ash va aksileron harakatni qo‘llab-quvvatlash»da ayblanib qo‘lga olingan.

Aktrisa Eronda isyonlar boshlanganidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlovchi postlar joylab kelgan.

Ma’lumot uchun: rejissyor Asqar Farhodiyning «Kommivoyajer» filmi 2017-yilda «Chet tilidagi eng yaxshi film» nominatsiyasida «Oskar»ga loyiq topilgan.

Shu yilning 8-dekabrida Eronda hibsga olingan isyonchilar orasida birinchi bo‘lib Muhsin Shikoriy qatl etildi. Ikkinchi o‘lim jazosi 12-dekabr kuni ijro etildi — Majidrizo Rahnavord dorga osildi. Mamlakat sudi sobiq futbolchi Amir Nasr-Ozodoniy ustidan ham o‘lim hukmi o‘qigan.

Eronda ommaviy tartibsizliklar va isyonlar Mahsa Aminiy politsiya mahkamasida vafot etganidan so‘ng, 2022-yil sentyabr oyi o‘rtalaridan buyon davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring