Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sevgilisi sudyaning «Porshe» mashinasini o‘g‘irlab ketdi

Sevgilisi sudyaning «Porshe» mashinasini o‘g‘irlab ketdi

Illyustrativ foto

Moskva Arbitraj sudi sudyasi Lyubov Dranko politsiyaga o‘g‘rilik yuzasidan arz qildi. Aytishicha, sevgilisi ikki yil avval unga qarashli «Porsche Cayenne» avtomobilini o‘g‘irlab ketgan.

Baza telegram-kanali yozadiki, ikki yil muqaddam sudya ayol Umar Teuvajukov bilan tanishib qoladi. O‘rtadagi munosabatlar quyuqlashib, rasmiy qayd qildirib ham qo‘yishadi, faqat birga yashash va boshqa majburiyatlarsiz...

Xuddi shu davrda Dranko qimmatbaho «inomarka»ni sotib oladi, narxi taxminan 7 million rubl atrofida. Xarid qisman kreditga rasmiylashtirilgan.

Sudya ayol oshig‘iga istagan paytida mashinadan foydalanishiga izn beradi. Oxiri shu bilan tugadiki, 2018 yili mashinaga o‘tirgan Umar barcha hujjatlarni olib gum bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, mashinani sotib yuborib, o‘zi Nalchikda qolgan.

Ikki yil kutib toqati toq bo‘lgan sudya 14 oktyabr kuni politsiyaga murojaat qilgan. Endi ish bilan tezkor guruh shug‘ullanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring