O‘rta yer dengizida 1500 muhojir halok bo‘ldi
Joriy yil boshidan buyon Yevropaga bormoqchi bo‘lgan muhojirlardan 1,5 mingdan ziyodi O‘rta yer dengizida halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti».
Bu haqda bugun Xalqaro migratsiya tashkilotining rasmiy vakili Joel Millman brifingda ma’lum qilgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, shu yil boshidan 25 iyulgacha Yevropaga dengiz yo‘li orqali 55 ming muhojir borgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning yarmi. O‘rta yer dengizida 1504 kishi, shu jumladan, bolalar va ayollar ham halok bo‘lishgan.
Yevropa davlatlari orasida eng ko‘p Ispaniya muhojirlarni qabul qilgan: 20992 kishi. Ikkinchi o‘rinda Italiya: 18130 kishi. Undan so‘ng Gretsiya (15528 kishi) va Malta (243 kishi).
Eng kam muhojir qabul qilgan davlat Kipr: 108 kishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter