O‘quvchi qo‘lbola bombasini tasodifan portlatib yubordi
![O‘quvchi qo‘lbola bombasini tasodifan portlatib yubordi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3092027107.jpg)
Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Michigan shtatining Nyueygo okrugida maktab o‘quvchisi ta’lim muassasasiga olib kelgan qo‘lbola bombasini tasodifan portlatib yubordi. Bu haqda mahalliy politsiya Twitterdagi sahifasida xabar berdi.
Hodisa natijasida 16 yoshli o‘quvchining o‘zi, shuningdek, to‘rt nafar sinfdoshi tan jarohati olgan. Bir necha o‘quvchining ota-onasi, sinf rahbari yengil jarohatlar bilan kasalxonaga murojaat qilishgan.
Favqulodda vaziyat tufayli ta’lim muassasasi o‘quvchilari evakuatsiya qilinib, maktab hududidagi avtobuslar saqlanadigan garajga ko‘chirib o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter