Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ona tilingizda gapirishga uyalmang!» Majlis spikeri vazir o‘rinbosariga dakki berdi

«Ona tilingizda gapirishga uyalmang!» Majlis spikeri vazir o‘rinbosariga dakki berdi

Foto: Qozog‘iston Majlisi matbuot xizmati

Bugun, 11 mart kuni Qozog‘iston parlamenti Majlisi (quyi palata) yalpi yig‘ilishida palata spikeri Nurlan Nigmatulin savolga davlat tilida javob bermagan vazir o‘rinbosariga dakki berdi. Bu haqda «Zakon.kz» yozmoqda.

Ma’muriy protsessual kodeks loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qilish chog‘i Majlis deputati Narine Mikaelyan Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirining o‘rinbosari Asxat Orazbekka davlat tilida (qozoq tili — tahr.) savol berdi.

Deputatning savoliga javob rus tilida berildiki, bu Majlis spikerining haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi.

«To‘g‘ri, bizda tarjimonlar bor. Shu zalda o‘tirgan barcha istagan tilida gapirishi uchun bizda barcha sharoit qilib qo‘yilgan. Ammo boshqa millat vakillari qozoq tilida savol berib turganda sizning davlat tilida javob qaytarmasligingiz noto‘g‘ri», — dedi Nurlan Nigmatulin Raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirining o‘rinbosariga yuzlanib.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring