Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud prezident Buxoriyga qarshi apellyasiyani qaytardi — Nigeriya

Oliy sud prezident Buxoriyga qarshi apellyasiyani qaytardi — Nigeriya

Foto: «Premium Times Nigeria»

Nigeriya Oliy sudi muxolifat yetakchisi Atiku Abubakarning mamlakat prezidenti Muhammad Buxoriyga qarshi yo‘llagan apellyasiyasini qaytardi. Bu haqda «REGNUM» xabar berdi.

Abubakar joriy yil fevralidan beri Buxoriyning prezidentlik saylovlaridagi g‘olibligini bekor qildirishga urinib keladi. Uning saylov natijalarini bekor qildirish to‘g‘risidagi oldingi da’vosi ham (sentyabr oyida) sud tomonidan qanoatlantirilmagan edi.

Ma’lumot uchun: Nigeriyada 2019-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 56 foiz ovoz to‘plagan Muhammad Buxoriy 41 foiz ovoz yiqqan Atiku Abubakarni ortda qoldirib, g‘olib chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring