Olimlar saratonga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazdi

Amerikalik olimlar o‘zlari ishlab chiqqan yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak saratoniga qarshi vaksinani tekshiruvdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.ru».
Vaksina ikkilamchi saratonning rivojlanishini oldini olishga yo‘naltirilgan. Sababi ushbu turdagi onkologik kasallikka chalingan har ikkinchi bemorda kasallik yana qaytalanadi.
Aniqlik kiritilishicha, emlangan bemorlarda antitelalar va T-killer hujayralari ishlab chiqila boshlanib, ular salbiy ko‘rsatkichli o‘simtada aniqlangan oqsilga ta’sir ko‘rsatadi.
Aytilishicha, vaksina oqibatida jiddiy nojo‘ya ta’sirlar aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter