Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Marsda suv borligi bo‘yicha dalil topdilar

Olimlar Marsda suv borligi bo‘yicha dalil topdilar

AQShlik olimlar guruhi Marsda, Arabia Terra deb nomlangan hududda suv borligini ta’kidlamoqdalar. Bu haqda Yesoreiter.ru nashri ma’lum qildi.

Hudud qizil sayyoraning shimoliy qutbida joylashgan. U 1879 yilda italiyalik olim Jovanni Skiaparelli tomonidan kashf etilgan. Arabia Terra hududining kattaligi Yevropa qit’asining maydoni bilan taqqoslanadi. Hudud turli xil landshaftga ega bo‘lib, u cho‘llardagi cho‘kindi jinslar qatlamlariga o‘xshash kraterlar, kanonlar va tosh chiziqlarni o‘z ichiga oladi.

Aniqrog‘i, bu tosh chiziqlar dotsent Ari Koppel boshchiligidagi amerikalik paleontologlar jamoasi tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilgan. Xususan, olimlarni ushbu cho‘kindi jinslarning hosil bo‘lish jarayonlari, miqdoriy va sifat tarkibi qiziqtirgan.

Issiqlik inersiyasini, eroziyani, shuningdek, kraterlarning holatini o‘rganish jarayonida olimlar bu joylarda ilgari suv hajmlari mavjud bo‘lganligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqotchilarning fikricha, suv Mars yuzasida qisqa vaqt bo‘lgan.

Ayni paytda olimlar bu hodisani tushuntirib bera olmaydilar. Ilgari sayyorada muzliklar yoki yer osti suvlari kanallari mavjud bo‘lganligi ehtimoli bor. Olimlar ushbu jarayonni yanada chuqurroq o‘rganishlari kutilmoqda.

Avvalroq olimlar Mars sayyorasida halokatli toshqin izlarini topganliklari haqida ma’lum qilgan edik.

Olimlar har xil turdagi vodiylarning chuqurligi, uzunligi va hajmini taqqoslab, krater ko‘llari yorilishi natijasida hosil bo‘lgan daryo vodiylari Qizil sayyoradagi vodiylarning to‘rtdan bir qismini qamrab olganini aniqlaganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring