Hindistonda 50 ga yaqin odam yangi «Delta Plyus» shtammi bilan kasallanib qoldi

Koronavirus infeksiyasining «delta plyus» yangi shtammi bilan kasallanganlar soni Hindistonda 48 kishiga yetdi. Bu haqda tibbiy tadqiqotlar bo‘yicha Hindiston kengashi rahbari Balram Bxargava aytib o‘tdi. Uning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.
"Bugungi kunga kelib Hindistonda to‘plangan 45 mingta namunadan 48 tasida «delta-plyus» holatlari aniqlandi", — deya ta’kidladi Bxargava.
Kasallik holatlari asosan Maharashtra (20), Tamilnad (9) va Madxya-Pradesh (7) shtatlarida qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter