Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obama Baydenning yoniga ishlashga borsa, xotini tashlab ketishidan qo‘rqmoqda

Obama Baydenning yoniga ishlashga borsa, xotini tashlab ketishidan qo‘rqmoqda

Foto: «Ca.finance.yahoo.com»

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Oq uyda ishlash niyati yo‘qligini, ammo prezidentlikka da’vogar Jo Baydenning yangi ma’muriyati ishlariga yordam berishga tayyorligini bildirgan, deya xabar berdi CNBC telekanali.

«Hozir unga maslahatlarim kerak emas, biroq yordam berishga doimo tayyorman. Birdan Oq uyda ish boshlash rejamga kirmaydi», — deya ta’kidladi Amerikaning sobiq yetakchisi.

Obama, shuningdek, ma’muriyatda birorta lavozimga da’vogarlik qilmayotganini aytgan. U birorta lavozimni egallasa, turmush o‘rtog‘ining karerasiga ta’sir qilishini ma’lum qildi.

«Mishel meni tashlab ketadi», — dedi AQShning sobiq rahbari.

Avvalroq demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden unga berilgan ovozlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgani qayd etilgandi. U Barak Obamadan ham yaxshiroq natijaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Aksariyat ovozlar hisob-kitob qilingan bo‘lishiga qaramay, shtatlarda byulletenlarning natijasi sal keyinroq rasman ma’lum qilinadi. Shunga qaramay, mavjud ma’lumotlarga tayanib OAV Baydenning g‘alabasini e’lon qilib bo‘lishdi. Siyosatchining o‘zi ham saylovda g‘alaba qozonganini aytdi. Respublikachi Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmayapti. U saylovlar soxtalashtirilgani va demokratlarni sudga berishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring