Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Suriya Isroil bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda

OAV: Suriya Isroil bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda

Suriya va Isroil Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tomonidan tashkil etilgan aloqa kanali yordamida bilvosita muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, muloqotlar ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga qaratilgan va birinchi navbatda xavfsizlik masalalarini muhokama qilishdan iborat. 

“Aloqa kanalini yaratish 13 aprel kuni Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaaning BAAGA rasmiy tashrifidan bir necha kun o‘tib boshlangan”, — deya xabar bermoqda Reuters. 

Suriya xavfsizlik xizmatidagi yuqori martabali manbaga ko‘ra, kanal faqat xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, muzokaralarda BAA xavfsizlik xizmati xodimlari, Suriya razvedkasi va Isroil razvedkasining sobiq xodimlari ishtirok etmoqda, deb xabar qilmoqda Reuters manbalaridan biri. Aloqa kanali Isroilning o‘tgan hafta Suriyadagi zarbalaridan so‘ng foydalanilgani ma’lum emas. 

Suriya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar fevral oyi oxirida Damashq yaqinidagi Jermana shahrida o‘tish davri hukumati xavfsizlik kuchlari va o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berganidan so‘ng yomonlashgan edi. Shu munosabat bilan Isroil Suriyaning yangi hukumati tomonidan etno-konfessiyaviy ozchiliklarga bosim o‘tkazayotganini e’lon qildi va qurolli kuchlarga Suriyadagi druzlar jamoasi himoyasini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 30 aprel kuni Isroil armiyasi Suriyadagi ekstremistik guruhning yacheykasiga zarba berdi. Isroil tomoni ular druzlar aholisiga hujum uyushtirishni rejalashtirganini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring