OAV: BMT moliyaviy qiyinchilik girdobiga tushib qoldi

BMTning bosh qarorgohida elektroenergiya va isitish tizimlariga sarflanayotgan mablag‘lar moliyaviy muammolar tufayli qisqartiriladi. Bu haqda RIA Novosti habar bermoqda.
Bu choralar haqida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish qaror qabul qilgan.
Inqirozning vujudga kelishi BMTga a’zo davlatlar tashkilot budjetiga tegishli mablag‘larni to‘lamaganligi bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi ahvol BMTning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yomon moliyaviy holati sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter