OAV: Erdo‘g‘on qatnashgan mitingda bomba qo‘yilgani aniqlandi
Turkiya janubi-sharqida joylashgan Siirt shahrida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokida o‘tkazilgan mitingda bomba topildi. Bu haqda Cumhuriyet nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, politsiya mashinasi ostida masofadan boshqariladigan bomba bo‘lgan. U Turkiya prezidenti nutqi oldidan so‘nggi daqiqada zararsizlantirilgan.
Prezident Erdo‘g‘on shaharga o‘z tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlash uchun kelgan.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning «Dunyo adolatliroq bo‘lmog‘i mumkin» (Daha Adil Dünya Mümkün) deb nomlangan kitobi chop etilgani haqida xabar bergan edik.
Kitobda dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan adolatsizlik, migratsiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, siyosiy munofiqlik kabi illatlar xususida so‘z yuritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter