Nur-Sultondagi aeroport «minalashtirildi»

Bugun, 28 iyul kuni Qozog‘iston poytaxti aeroportining elektron pochtasiga portlovchi qurilma haqidagi xabar kelib tushgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyiga yetib borishdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.
Qayd etilishicha, 28 iyul kuni soat 09:46 da aviatsiya xavfsizligi xizmati aeroportning elektron pochtasiga hududga qo‘lbola portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqida xabar kelgani bo‘yicha «102»ga ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, politsiya aeroportni tekshirgan, ammo portlovchi qurilma topilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter