KXDRdagi yadro poligoni yopilishiga jurnalistlar bora olmaydi
23-may kuni KXDR shimolida joylashgan yadro poligoni yopilishi munosabati bilan mamlakatga tashrif buyurgan xorijlik jurnalistlar mazkur tadbirga bora olmaydi. Ular hozir ob-havo yomonligi tufayli Vonsan shahrida qolmoqda. Bu haqda «RIA Novosti»ga shimoliy koreyalik manba xabar berdi.
«Noqulay ob-havo tufayli tashrif amalga oshmaydi. Ertaga vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarar deb umid qilamiz», — degan u.
KXDR hukumati joriy yilning 23-25-may kunlari Pxungeri yadro poligonini yopishga qaror qilgan. Ushbu inshootga kirish joyi va uni qurshab turgan ob’yektlar to‘liq yo‘q qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter