Nigeriyada sodir bo‘lgan sel 6 kishining umriga zomin bo‘ldi
«Nigeriyaning Damaturu shahrida kuzatilagn kuchli jala tufayli kelgan sel 6 kishining umriga zomin bo‘ldi», — deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.
Nigeriya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi(SEMA)ning Damaturu shahri koordinatori Hoji Muso Jidavaning aytishicha, tabiiy ofat aholi turmushini izdan chiqargan.
Sel tufayli 2 bola, jami 6 kishi halok bo‘lgan, yuzlab uylar va tashkilot binolari talafot ko‘rgan.
Shaharga qidiruv-qutqaruv guruhi yetib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter