Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyada sirli dard 15 nafar yigit-qizning umriga zomin bo‘ldi

Nigeriyada sirli dard 15 nafar yigit-qizning umriga zomin bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

Nigeriya janubidagi Delta shtatida kamida 15 kishi noma’lum kasallik qurboniga aylandi, deya xabar berdi mahalliy «Vanguard» nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar 18 — 25 yoshlardagi yigit-qizlardir. Shtat ma’muriyati aholiga kasallik tarqalishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishiga va’da berdi.

«Delta shtati rahbariyati Ute Okpu va Idumesa jamoalarida sirli o‘lim holati haqida ma’lumot olgan. Bu gubernator, senator Ifeani Okovani shtat sog‘liqni saqlash vazirligiga zudlik bilan ushbu o‘lim holatini o‘rganishga, ularning sababini aniqlashga va tegishli chora ko‘rishga ko‘rsatma berishga undadi», — deydi shtat sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha mas’ul vakili Mordi Onone.

Nashrning yozishicha, epidemiologlar shifoxonani o‘rganishdi, halok bo‘lganlarning oilasi bilan uchrashishdi, tadqiqot uchun kerakli namunalarni to‘plashdi. Epidemiologlar odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida gemorragik isitmadan gumon qilishmoqda.

Gemorragik isitma — virusli kasallik bo‘lib, isitma, gemorragik sindrom (qon quyilishi, qon ketishi) bilan ifoalanadi. Infeksiyalarning mazkur tipiga denge, Ebola, Lassa bezgaklari xos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring