Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriyada maktabdan yuzlab o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘g‘irlab ketishdi

Nigeriyada maktabdan yuzlab o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘g‘irlab ketishdi

Foto: «AP Photo / Ben Curtis»

Nigerian Tribune gazetasining xabar berishicha, Nigeriya shimolidagi Zamfara shtatida bezorilar umumta’lim maktabining yuzlab o‘quvchisi va o‘nlab o‘qituvchilarini o‘g‘irlab ketishgan.

Mahalliy fuqaroning aytishicha, qaroqchilar chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 11:00da (Toshkent vaqti bilan 15:00) maktabga bostirib kirib, o‘q uzishgan.

«Maktabga kirishlari bilanoq, ular tinimsiz o‘q uza boshlaganlar. So‘ngra 100 dan ziyod o‘quvchi va o‘nlab o‘qituvchilarni o‘g‘irlab ketishgan», — dedi voqeaga guvoh bo‘lgan kishi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan bolalar va o‘qituvchilarning aniq soni hozircha noma’lum.

Nigeriyada birinchi marta o‘quvchi o‘g‘irlanishi emas. May oyida mahalliy OAV Nigeriyaning Niger shtatida qurollangan shaxslar maktabdan 200 ga yaqin o‘quvchini o‘g‘irlab ketib, bir kishini o‘ldirgani, iyun oyida esa Nigeriyaning Kaduna shtatida qurolli kimsalar maktab-internatdan 100 dan ortiq o‘quvchini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar berilgan edi.

O‘g‘irlanganlarni ozod qilish uchun hujumchilar ko‘pincha to‘lov talab qilishadi. Avvalroq, hujumchilar Nigeriya g‘arbidagi maktabdan uch oy oldin o‘g‘irlab ketilgan 70 dan ortiq o‘quvchini qo‘yib yuborgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring