Niderlandiya qiroli uzr so‘radi
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va rafiqasi Maksima Gretsiyadagi ta’til paytida koronavirusga qarshi qoidalarni buzgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda «Dutch News» xabar berdi.
Yaqinda OAVda ularning ta’tilda tushgan fotosuratlari paydo bo‘lgandi. Unda Villem-Aleksandr va Maksima mahalliy restoran xo‘jayini bilan rasmga tushishgan. Ular niqob taqishmagan. Himoya vositasi qirolning qo‘lida bo‘lgan. Er-xotin koronavirusga qarshi kurash maqsadida bunga jiddiy e’tibor berish kerakligini tan olishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gretsiyada 8,6 mingta COVID-19ni yuqtirish holati qayd etilgan. 1374 nafar bemor shifoxonadan tuzalib chiqqan, 242 nafar infeksiya tashuvchisi hayotdan ko‘z yumgan. Mamlakatda 1,5 metrlik ijtimoiy masofa saqlash, jamoat joylarida individual himoya vositalaridan foydalanish qoidalari haligacha amalda.
Villem-Aleksandr 2013-yilda onasi qirolicha Beatriks tojdan voz kechgandan so‘ng taxtga o‘tirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter