Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netflix Amir Temur haqida kino olmoqchi

Netflix Amir Temur haqida kino olmoqchi

Netflix kompaniyasi sarkarda Amir Temur haqida badiiy film suratga oladi. Ma’lum qilinishicha, kinotasmaning ishchi nomi – «Tamerlan».

Film O‘zbekiston, Qozog‘iston va AQSh hamkorligida suratga olinadi. Tayyorgarlik davri 2023-yilning yanvar-mart oylariga, suratga olish ishlari esa aprel-may oylariga rejalashtirilgan.

Suratga olishning asosiy qismi O‘zbekistonda, yana bir qismi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. 

Nomad Stunts Xalqaro kaskadyorlar guruhi ishtirokida olinayotgan mazkur film ularning Netflix kompaniyasi bilan uchinchi loyihasi bo‘ladi. Bungacha Nomad Stunts «Marko Polo» va «Qirolga maktub» seriallarini suratga olishda ishtirok etishgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring