Nega AQSh xalqi prezidentni seshanba kuni saylaydi?
Butun dunyoda saylovlar va referendumlar yakshanba kuni o‘tkaziladi. Ammo an’analariga sodiq va konservativ amerikaliklar bundan mustasno — bugun, 5 noyabr seshanba kuni ular davlat rahbarini saylashmoqda.
Qo‘shma Shtatlarda katta saylovlar doim seshanbaga to‘g‘ri keladi.
AQSh XIX asr o‘rtalarida agrar mamlakat bo‘lgan, fermerlar saylov uchastkasigacha ancha olis yo‘lni ot-aravalarda bosib o‘tishgan.
U paytlarda shanba ish kuni edi, yakshanbada cherkovga borishgan, chorshanba — bozor. Birgina seshanba bo‘sh kun edi.
Noyabrning ilk seshanbasida prezidentni saylash o‘sha paytlardan qolgan an’ana.
Ammo bugun yo ertaga ham kim prezident bo‘lganini bilolmaymiz. Chunki bu Amerika, saylov tizimi — o‘xshashi yo‘q, murakkab va uzoq jarayon.
Dekabrda saylov estafetasiga har bir shtatdan ovoz beruvchi vakillar — jami 538 kishi qo‘shiladi, bo‘lg‘usi prezident ularning kamida 270 ta ovozini to‘plashi shart. Aholisi soniga qarab ovoz beruvchi vakillar soni shtatlarda har xil: Kaliforniyada — 54, Texasda — 40 nafar, aholisi kam Alyaska, Vayoming, Vermont, Delaver, Shimoliy Dakota va Janubiy Dakota atigi uch nafardan ovoz beruvchiga ega.
Dekabrning ikkinchi chorshanbasidan keyingi seshanba kuni — 17-dekabrda hamma shtatlar poytaxtlarida g‘alaba qozongan nomzodning partiyasi vakillari — yuqoridagi ovoz beruvchi vakillar o‘ziga ma’qul nomzodga ovoz beradi va natijalar Kongress Senatiga taqdim etiladi.
G‘olib nomi 2025-yil yanvarida e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter