Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neftga eng boy mamlakat benzin yetishmovchiligidan qiynalmoqda

Neftga eng boy mamlakat benzin yetishmovchiligidan qiynalmoqda

Foto: «Reuters»

AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton Eron Venesuelaga benzin yetkazib berayotganidan xavotirda. Bu haqda «Parstoday» yozmoqda.

Fors axborot agentligining xabar qilishicha, kecha AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Tehron va Karakas o‘rtasidagi hamkorlikka xavotir bildirib, Nikolas Maduro davlatiga  yordam ko‘rsatish maqsadida Eronning Venesuelaga benzin yetkazib berishi AQSh va mintaqa mamlakatlari uchun xavflidir, deya munosabat bildirgan.

Bolton o‘tgan kunlarda «Tvitter»dagi sahifasida AQSh bosimlarini aylanib o‘tish payidagi Eron Maduroga benzindan yordam berish uchun Venesuelaga neft tankerlarini jo‘natgani haqida yozdi.

AQSh bosimlari va sanksiyalari tufayli o‘zini o‘zi benzin bilan ta’minlashda qiynalayotgan Venesuelaga yordam sifatida Eron beshta neft tankerini jo‘natgan. Eronning «Fortune» nomi ostidagi ilk tankeri Venesuela suvlaridagi maxsus iqtisodiy mintaqaga kirgani aytilmoqda.

Aksariyat manbalarga ko‘ra, Venesuela aniqlangan neft zaxiralari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi, ya’ni Eronnikidan ikki hissa ko‘p nefti bor (infografika).

Infografika: «Xabar»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring