Moskvada otishma bo‘ldi
Kecha, 24 may sanasida Moskva shahri, Kashirskiy ko‘chasida otishma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya matbuotida xabar tarqatilgan.
Dastlab noma’lum kimsalar o‘zaro o‘qotar qurollardan o‘q uzgani va voqea joyidan yashiringani xabar qilindi. Politsiya shahar bo‘ylab Mercedes, Ford va Toyota avtomobillarini qidirib, maxsus amaliyot o‘tkazdi. Jinoyatchilar tomonidan jarohat yetkazuvchi to‘pponchalar bilan birga «Sayga» va «Vepr» ov qurollaridan foydalanilgan.
Biroz vaqt o‘tib otishmani dafn marosimi o‘tkazuvchi GrandRitual agentligi xodimlari tashkil etgani xabar qilindi. Xabarda aytilishicha, kompaniya boshqaruvi Orenburg shahrida joylashgan va Moskvada o‘z filialiga ega. Agentlik rahbariyati Moskva shahridagi bo‘limida yirik miqdorda kamomad bo‘layotganidan shubhalangan va tekshiruvchilarni yuborgan. Ularni qo‘riqlash uchun esa xususiy qo‘riqlash xizmati xodimlari yollanadi.
«Yuqoridan» yuborilgan tekshiruvchilar va mahalliy filial boshqaruvchilari o‘rtasidagi uchrashuv otishmaga aylanib ketadi. Natijada bir kishi yuzi, yelkasi va orqasining yumshoq qismidan yaralangan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ammo otishma qatnashchisi sheriklarining nomini aytishdan keskin bosh tortmoqda.
Ayni vaqtga kelib hodisada qatnashgan 8 nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular orasida kelib chiqishi Kavkaz hududidan bo‘lganlar va rus millatiga mansublar borligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter