Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada koronavirusga chalinganlarni olib ketayotgan «Tez yordam» mashinalari yo‘lda turib qolayotganiga izoh berildi

Moskvada koronavirusga chalinganlarni olib ketayotgan «Tez yordam» mashinalari yo‘lda turib qolayotganiga izoh berildi

Moskva shahrida «Tez yordam» mashinalari yo‘llarda turib qolayotgani haqida xabar qilingan edi. Mutasaddilar tomonidan ma’lum etilishicha, biror joyda yangi klinika ochilgan vaqtlarda shunday holat yuzaga kelmoqda.

Oxirgi kunlarda «Tez yordam» orqali bemorlarni kasalxonaga olib kelish keskin ko‘paygan. 11 aprel sanasining o‘zida 1,3 ming kishi kasalxonaga keltirilgan. Bir hafta oldin bu ko‘rsatkich ikki barobar kam edi.

Internetda paydo bo‘lgan videolarda xabar qilinishicha, yo‘llarda turib qolayotgan «Tez yordam» mashinalari ichida koronavirus kasaliga chalingani taxmin qilinayotgan bemorlar bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring