Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva markazidagi uyda mumiyolangan ayol jasadi topildi

Moskva markazidagi uyda mumiyolangan ayol jasadi topildi

Foto:«Argumeti i fakti»

Moskva markazidagi uylarning biridan ayolning mumiyolangan jasadi topilgan. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga asoslanib, «Izvestiya» xabar bergan.

Jasad shaharning Taganskiy tumanidagi uylardan birida topilgan. Xonadondan kelayotgan yoqimsiz hid haqida xabar berilganidan so‘ng, kommunal xizmat xodimlari politsiya xodimlari ishtirokida uyning eshigini ochib ichkariga kirishgan.

Xonadondagi divandan 80 yoshli marhumning mumiyolangan jasadi topilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘lim taxminan uch oy oldin sodir bo‘lgan.

Jasad o‘likxonaga olib ketilgan, keksa ayolning o‘limi sababi aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring