Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldova bosh vaziri: «Biz Ruminiyaga qo‘shilmaymiz»

Moldova bosh vaziri: «Biz Ruminiyaga qo‘shilmaymiz»

Foto:«The Guardian»

Moldova bosh vaziri Pavel Filipning aytishicha, mamlakat Ruminiya bilan faqat Yevropa ittifoqi tarkibida birga bo‘lishi mumkin. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

Ruminiya va Moldova o‘rtasidagi aloqalar juda yuqori darajada bo‘lishiga qaramasdan hukumat qo‘shilish masalasini istisno etmoqda. Bosh vazirning fikricha, muzokaralarni yaxshiroq muddatga qoldirmoq kerak, lekin mamlakatlar Yevropa ittifoqi tarkibida birga bo‘lishlari mumkin.

Avvalroq Moldova prezidenti Igor Dodon qo‘shilish haqidagi taklifni taqiqlash bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Mart oyida Moldovada Ruminiyaga qo‘shilish bo‘yicha deklaratsiyani imzolashni talab qilgan 7000 kishilik miting bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring