Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilindi

Misrda prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilindi

Misrning amaldagi rahbari Abdulfattoh as-Sisi 10-12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarda g‘alaba qozondi.

U keyingi olti yil ichida yana mamlakat prezidenti bo‘ladi. Misr milliy saylov komissiyasi Qohirada prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalarini taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, Misr va xorijdagi saylovchilarning 89,6 foizi amaldagi prezidentga ovoz berdi, deydi milliy saylov komissiyasi rahbari Hazem Badaviy.

Eslatib o‘tamiz, as-Sisi ilk bor prezidentlikka 2014-yil iyunda kelgandi. Undan avvalgi prezident Muhammad Mursiy 2013-yilgi harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring