Milliarder Uorren Baffet o‘z vorisini e’lon qildi
«Berkshire Hathaway» kompaniyasining rahbari, afsonaviy milliarder Uorren Baffet o‘zi bilan biron kori hol sodir bo‘lgan taqdirda o‘rnini kompaniyaning nosug‘urtaviy amaliyotlar bo‘yicha vitse-prezidenti Greg Abel egallashini ma’lum qildi. Gap shundaki, Baffet 90 yoshda, Abel esa «bor-yo‘g‘i» 59 da. Bu haqda CNBC kanali xabar berdi.
«Men bilan bugun kechqurun yoki ertaga tongda biron narsa sodir bo‘lgan taqdirda barcha ishlarim Gregga o‘tishiga direktorlar rozi. Abel bilan shunga o‘xshash voqea yuz bergan taqdirda uning vazifalari sug‘urta amaliyotlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 69 yoshli Ajit Jaynga o‘tadi», — dedi Baffet.
«Ikkalasi ham ajoyib yigitlar. Shunga qaramay, kimningdir 20 yillik uchish-qo‘nish tajribasiga egaligi muhim ahamiyatga ega», — dedi milliarder ilmoqli qilib.
Greg Abel — 1992-yildan, Ajit Jayn — 1986-yildan beri kompaniyada ishlaydi.
So‘nggi 15 yil davomida «Berkshire Hathaway»dagi vorislik masalasi ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘lib kelayotgandi. Ko‘p yillar davomida Baffetning o‘rnini Devid Sokol («MidAmerican Energy» kompaniyasi rahbari, keyinchalik nomi «Berkshire Hathaway Energy» va «NetJets»ga o‘zgargan) egallashini kutishayotgandi. Biroq 2011-yilda, «Lubrizol» kimyo kompaniyasining 10 million dollarlik aksiyalarini sotib olgani ma’lum bo‘lganidan keyin, u ishdan ketkazilgan. Chunki bu ishni shu kompaniyani «Berkshire»ga sotib olishni taklif qilishidan sal avval bajargan...
Uorren Baffet kompaniya aksiyadorlariga an’anaviy yillik murojaatida S&P 500 toifasiga kiruvchi istalgan kompaniya aksiyalarini kallani ishlatib yig‘sa, hatto maymun ham foyda olishi mumkinligini aytib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter