Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika prezidenti deputatlarni xoinlikda aybladi

Meksika prezidenti deputatlarni xoinlikda aybladi

Andres Manuel Lopes Obrador.

Foto: «Rossaprimavera»

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador parlament deputatlarini xoinlikda aybladi, deb xabar berdi «La Jornada»

Prezident ilgari surgan tashabbus — mamlakat elektr energetikasi tizimini davlat nazoratiga olish va iste’molchilar uchun narxlarni pasaytirish ko‘zda tutilgan islohot loyihasi parlamentda yetarli ovoz to‘play olmadi.

Obrador ushbu holatni xususiy shaxslarning manfaatlariga xizmat qilish va davlatga xoinlik, deya ta’rifladi.

«Kecha Meksikada xoinlik yuz berdi, u xalq va millatning manfaatlarini himoya qilish o‘rniga gullab-yashnash va o‘g‘rilikka intilayotgan xorij kompaniyalarini ochiqdan-oydin himoyalashga o‘tgan bir to‘da qonunchilar tomonidan sodir etildi. Deputatlar talonchilarni qo‘llab-quvvatlashdi», — dedi Meksika prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring