Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Medvedev o‘rinbosarlariga vazifalarni taqsimlab berdi

Medvedev o‘rinbosarlariga vazifalarni taqsimlab berdi

Foto: «Reuters»

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 10 nafar bosh vazir o‘rinbosarining vazifalari taqsimlangan hujjatni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Anton Siluanov moliyaviy-iqtisodiy siyosat, kichik biznes bo‘yicha milliy loyihalar, bandlik va xalqaro kooperatsiyaga rahbarlik qiladi.

Tatyana Golikova ta’lim va fan, sanitariya-epidemiologiya nazorati, viloyatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishlarini boshqaradi.

Maksim Akimov hukumatda «Raqamli iqtisodiyot» dasturi ijrosiga mas’ul.

Aleksey Gordeyev qishloq xo‘jaligi, agrosanoat kompleksi, baliq va o‘rmon xo‘jaligini nazorat qiladi.

Yuriy Trutnev esa Uzoq Sharqni ijtimoiy-iqtisodiy rviojlantirish va Rossiyaga qarashli Arktikani taraqqiy ettirish bilan shug‘ullanadi.

Yuriy Borisov bosh vazir o‘rinbosari lavozimida birlashgan sanoat korporatsiyasiga, Dmitriy Kozak esa sanoat, texnik tartibga solish, Olga Golodets madaniyat, sport va turizm masalalariga mas’ul etib tayinlandi.

O‘z navbatida, Vitaliy Mutko qurilish va uy-joy kommunal xizmatini boshqaradi.

Konstantin Chuychenko Vazirlar mahkamasining rejalashtirish ishlarini yuritadi, federal ijro organlarining qarorlari samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring