Mayk Pompeo AQSh davlat kotibligiga tasdiqlandi
AQSh Senati MRBning sobiq boshlig‘i Mayk Pompeo nomzodini AQSh davlat kotibi lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Pompeo uchun Senatdagi 100 vakildan 57 nafari ovoz bergan.
Mayk Pompeo Harvard universitetini tamomlagan bo‘lib, davlat xizmatiga kirguniga qadar yurist bo‘lib ishlagan, shuningdek neft qazib chiqarish uskunalarini yetkazib berish bilan shug‘ullangan. 2017-yilning yanvaridan 2018-yilning martiga qadar AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter