Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masjidga kaltak ko‘tarib kirgan rus sayyohi Turkiyadan chiqarib yuborildi

Masjidga kaltak ko‘tarib kirgan rus sayyohi Turkiyadan chiqarib yuborildi

Antaliyaning Manavgat tumanidagi masjidga jamoat bomdod namozini o‘qiyotgan paytda oyoq kiyimini yechmasdan kaltak ko‘tarib kirgan mast sayyoh mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Voqea Gyundog‘du tumanidagi Xoji Ayshe Chetin masjidida sodir bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, mahalliy aholi bomdod namozini o‘qiyotgan paytda masjidga devordan sakrab kirgan rossiyalik sayyoh mast holda hovlidan topib olgan kaltagi bilan poyabzalini yechmasdan masjidga kirgan.

Erkak baland ovozdan bezovta bo‘lib masjid derazalarini yopishga harakat qilgan. Uning bu harakatlari masjid qo‘riqchilarining e’tiborini tortgan va u masjiddan olib chiqib ketilgan.

Voqea kuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan.

Holat Manavgat tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlarigacha yetib borgan va mahalliy sud rus sayyohini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan.

Rossiyalik sayyoh deportatsiya qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring