Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur xonanda va aktrisa uyida o‘lik holda topildi

Mashhur xonanda va aktrisa uyida o‘lik holda topildi

Xonanda va aktrisa Jeyn Birkin 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Birkinning jasadi uyidan uning qarindoshi tomonidan topilgan.

Jeyn Birkin - ingliz-fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi. U aktrisa va britaniyalik josus oilasida tug‘ilgan. 1960-yillarning oxirida u aktyorlik karerasini rivojlantirgandi va mashhurlikka erishgandi. 

 «Je t’aime... moi non plus» qo‘shig‘i Birkinni dunyoga mashhur qilgan. 

Birkin Britaniya imperiyasi ordeni va Fransiya oldidagi xizmatlari uchun milliy orden bilan taqdirlangan. Aktyorlik va musiqiy mahoratdan tashqari, uning nomi ostida Hermès Birkin sumkalari ishlab chiqarilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring