Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mars sayyorasida katta miqdorda suv zaxirasi topildi

Mars sayyorasida katta miqdorda suv zaxirasi topildi

Mars ustida harakatlanuvchi Trace Gas (TGO) kosmik kemasi Mars kanon tizimida katta miqdorda suv borligini aniqladi. Mariner vodiylarida topilgan suv Mars yuzasi ostida yashiringan. Bu haqda Esoreiter.ru ma’lum qilmoqda.

Topilgan suv ombori 45 000 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi.

«Trace Gasning imkoniyatlari tufayli biz bir metr pastga qarab, sayyora yuzasi ostida nima sodir bo‘layotganini bilib olamiz va avvalgi tadqiqotlarda topilmagan suvga boy «vohalar»ni topa olamiz», — deydi Moskvadagi Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar institutidan Igor Mitrofanov.

Bu kashfiyot kosmik kemadagi yuqori aniqlikdagi epitermal neytron detektor teleskopi (FREND) tomonidan amalga oshirilgan. U Mariner vodiysi kanon tizimida  yuqori miqdorda vodorod bo‘lgan hududni aniqladi.

«Agar biz ko‘rib turgan vodorod suv molekulalari bilan bog‘langan deb hisoblasak, bu hududdagi sirt materialining deyarli 40 foizida suv mavjud deganidir»,— deya qo‘shimcha qildi Igor Mitrofanov.

Jamoa orbital tomonidan topilgan suv muz yoki tuproqdagi boshqa minerallar bilan kimyoviy bog‘langan suv shaklida bo‘lishi mumkinligini aytdi. Biroq, boshqa kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Marsning bu qismida kuzatilgan minerallar odatda bir necha foiz suvni o‘z ichiga oladi, bu so‘nggi kuzatuvlar taklif qilganidan ancha kam.

Marsga pastroq kenglikdagi qo‘nish missiyasini rejalashtirishni hisobga olsak, sayyorada bunday suv ta’minotini topish Qizil sayyoraga bo‘lajak missiyalar uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring