Mahbusni 40 yildan so‘ng turmadan majburlab chiqarishdi
Argentinada mahbus belgilanganidan 20 yil ortiq umrini qamoqxonada o‘tkazdi. Uning qamoq muddati 2001-yilda tugagan, ammo u ketishni istamagan, chunki boradigan joyi bo‘lmagan.
«Daily Mail» yozishicha, erkak 1979-yilda biznesdagi hamkorini o‘ldirishda aybdor deb topilgan. Turmadaligida 75 yoshli Osvaldo Longobuko biror marta ham muddatidan oldin ozod qilinishini so‘ramagan. U belgilanganidan 20 yil ortiq qamoqda o‘tirdi. Biroq 12-aprel kuni baribir qamoqxonani tark etishga majbur bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Longobuko qamoqxonani o‘z uyi deb bilgan. U yerda o‘zini qulay his qilgan. Negaki turmadalik paytida qarindosh va do‘stlari bilan barcha munosabatlarini uzgan.
«Turma — u o‘zini xavfsiz his qiladigan joy, oziq-ovqati, boshpanasi va ijtimoiy aloqalari bor. Ammo mahbuslik ortiq davom etishi mumkin emas», — deydi Longobukoning advokati.
Mahbusning aytishicha, qilgan jinoyati uchun jazoni to‘liq o‘tashi uchun umrining oxirigacha qamoqxonada qolmoqchi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter