Lukashenkoga qamoq jazosi xavf solmoqda
Yevroparlamentning tashqi ishlar qo‘mitasi Gaagadagi Xalqaro jinoiy suddan Belarus prezidentini hibsga olish uchun order berishni talab qilishga chaqirdi.
Tashkilot iddaosiga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko Ukraina hududidagi urush zonasidan bolalarni evakuatsiya qilishdagi ishtiroki uchun javobgarlikka tortilishi kerak.
Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
YeI Minsk Ukrainada sodir etilgan zarar va jinoyatlar, jumladan, bolalarni urush zonasidan noqonuniy olib chiqishda rejimning roli uchun javobgar ekanligini ta’kidlaydi.
Yevroparlament hisobotida Belarusning siyosiy va harbiy rahbarlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish zarurligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovaga nisbatan xuddi shunday hukm chiqargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter