Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko ommaga ko‘rinish bermay qo‘ydi: turli taxminlar yangramoqda

Lukashenko ommaga ko‘rinish bermay qo‘ydi: turli taxminlar yangramoqda

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 14-may kuni bo‘lib o‘tgan Davlat ramzlari kunini nishonlash marosimiga kelmadi.

Tadbirda prezident o‘rniga Bosh vazir Roman Golovchenko bayram munosabati bilan murojaatnomani o‘qib eshittirgan.

Aleksandr Lukashenko oxirgi marta 9-may kuni omma oldiga chiqqandi. Dastlab u Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashgan, ammo Kremldagi norasmiy nonushtada ishtirok etmagandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus rahbari Minskdagi tadbirlar tufayli ketganini tushuntirgan.

Keyinroq Aleksandr Lukashenko Belarus poytaxtidagi G‘alaba maydonidagi haykalga gul qo‘yish marosimida qatnashdi, biroq tantanali nutq so‘zlamadi.

Belarusning «Nasha Niva» gazetasi Lukashenko virusli kasallikka chalingani bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan. 

Avvalroq OAV Lukashenko zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring